
Rasman! MYu futbolchisi Argentina klubiga ko‘chib o‘tdi (video)
Argentinaning "Estudiantes" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxoni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra "Estudiantes" 29 yoshli argentinalik futbolchini yozga qadar ijaraga olgan. Shartnomaning qolgan bandlari esa hozircha oshkor qilinmayapti.
Ma’lumot uchun, Roxo “Manchester Yunayted” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 122 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 10 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar