Rasman: MYu himoyachisini ijaraga yubordi

  • 25 yanvar, 2020, 22:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Markos Roxo ijara asosida "Estudiantes" klubi ihtiyoriga qo‘shildi. Bu haqida Argentina klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Tecno

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv yarim yilga amal qiladi, shuningdek argentinaliklar uni yana olti oyga cho‘zishlari mumkin.

29 yoshli Roxo "Estudiantes" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ayni shu klubda himoyachi professional futbolda faoliyatini boshlagan.

Joriy mavsumda Roxo barcha turnirlarda 9 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2021-yilning 30-iyunida nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!