Rasman! Nainggolan sobiq jamoasiga qaytdi

  • 31.12.2020 17:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Kalyari" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali yarim himoyachi Raja Nainggolanning jamoaga qaytganini ma’lum qildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Kalyari” 32 yoshli belgiyalik futbolchini “Inter”dan joriy mavsum oxirigacha ijaraga olgan.

Nainggolan 2010-2014 yillarda “Kalyari” safida to‘p surgan. U o‘tgan mavsumni ham ijaraga asosida ushbu jamoada o‘tkazgan edi.

Raja Nainggolan joriy mavsum A Seriyada bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!