
Rasman! "Napoli" asosiy hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Belgiyalik hujumchi Dris Mertens “Napoli” bilan amaldagi shartnomasini 2022 yilga qadar uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Aytish kerakki, Mertensning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etar edi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Mertens “Napoli” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 222 ta o‘yinda maydonga tushdi va 89 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar