
Rasman! “Navbahor” yangi darvozabon transferini e’lon qildi
“Mash’al”ning iqtidorli posboni Rahimjon Davronov rasman Namanganning “Navbahor” a’zosiga aylandi. Bu haqda "lochinlar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Muborak klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi, Osiyo chempioni, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi bu kunga qadar “Buxoro” hamda “Mash’al” klublarida to‘p surgan.
Davronov Superligada 41ta uchrashuvda maydonga tushib, 3513 daqiqa harakat qilgan.
Fikrlar