Rasman! “Neftchi” 2 futbolchi bilan shartnoma imzoladi (Foto)

  • 16 dekabr, 2021, 18:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘onaning "Neftchi"  jamoasi 2022 yilda Superligada o‘ynash huquqini muddatidan ilgari qo‘lga kiritgandi. Jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov yangi mavsumga har jihatdan puxta tayyorgarlik bilan borish maqsadida tarkibni yosh, iqtidorli o‘yinchilar bilan mustahkamlash masalalariga e’tibor bermoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, yoshlar jamoasida to‘p tepgan yarim himoyachi Azamatjon Tolibjonov bilan tuzilgan 3 yillik shartnoma imzolandi. Bu futbolchi "Neftchi" U-18 tarkibida 21 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 9 marta ishg‘ol qilishdan tashqari, tengdoshlariga golli uzatmalarni amalga oshirdi.

photo_2021-12-15_13-30-13

Shuningdek, darvozabon Shohruh Asqaralievga ham ishonch bildirilib, 3 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.

photo_2021-12-15_13-32-28

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!