Rasman! Nodir Mavlonov "Andijon"ga qaytdi

  • 26.01.2020 19:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2018 yilgi mavsumda "Andijon" jamoasi tarkibida o‘ynab, jamoaning Superligaga qaytishiga munosib hissa qo‘shgan va andijonlik muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan Nodir Mavlonov "Andijon" jamoasiga qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Faoliyati davomida "Bunyodkor" va "Navbahor" jamoalarida o‘ynagan Nodir o‘tgan mavsumni namanganliklar tarkibida o‘tkazib, 8 ta uchrashuvda 334 daqiqa maydonda harakat qildi.

Nodir Mavlonov bugun "Hokim Kubogi-2020" turnirining birinchi tur doirasida "Neftchi" jamoasiga qarshi uchrashuvda shamollab qolganligi uchun maydonga tusha olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!