Rasman! Odil Ahmedovning sobiq jamoadoshi Braziliya klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 30 yanvar, 2021, 13:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik mashhur hujumchi Xalk garchi Evropa klublaridan takliflar bo‘lgan bo‘lsa-da, faoliyatini vatanida davom ettirishga qaror qildi.

34 yoshli futbolchi Braziliyaning "Atletiko Mineyro" klubi bilan 2022 yilning dekabriga qadar shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda. Aytish kerakki, Xalk yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shildi. Boisi, u "Shanxay SIPG"ni 2020 yilning dekabrida tark etgan edi.

So‘nggi paytlarda xorijiy OAVda Xalkga "Zenit", "Portu" hamda Frantsiya, Turkiya, Angliya klublaridan takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!