Rasman! OFK Osiyo chempionatini 2021 yilga qoldirdi

  • 15 oktabr, 2020, 15:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Shu yil Kuvayt davlatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 2021 yilga qolirildi. Bu haqda OFK rasmiy saytida xabar qilindi. Musobaqaning qoldirilishiga pandemiya sabab qilib keltirilgan.

Xabarda aytilishicha, musobaqa kelasi yilning qaysi oyida o‘tkazilishi yaqin vaqtlarda e’lon qilinadi.

Shuningdek, Xitoy Osiyo chempionati U-23 turniriga mezbonlik qilishdan bosh tortdi. Xitoyning bu qarorga kelishiga ham pandemiya sabab qilib ko‘rsatilgan. Endi OFK 23 yoshlilar o‘rtasida 2022 hamda 2024 yillarda o‘tkaziladigan musobaqalarga mezbonlik qiladigan yangi mamlakatni izlaydi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!