Rasman! OKMK Azizbek Xolmurodovni o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 13 yanvar, 2024, 20:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Azizbek Xolmurodov OKMK futbolchisiga aylandi.

Tecno

"Jamoamiz bo‘lajak mavsum oldidan navbatdagi transferini e’lon qiladi!

Azizbek Xolmurodov 2003 yil 18 sentyabr sanasida Qashqadaryoning Qarshi shahrida tavallud topgan. Azizbek Xolmurodov "Nasaf" futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Maydondagi joylashuvi yarim himoyachi. Shuningdek, ikkala qanotda ham birdek harakatlana oladi.

Futbolchi 2023 yilgi Superliga mavsumida "Nasaf" va "Turon" jamoalari safida umumiy hisobda 11 o‘yinda maydonda harakat qilib, 1ta golli to‘puzatmaga mualliflik qilgan.

Azizbek Xolmurodov shu kunga qadar Qarshining "Nasaf", Toshkentning "Olimpik" va Yaypanning "Turon" jamoalarida to‘p tepgan.

Yosh iqtidorli futbolchi bo‘lajak mavsumdan e’tiboran "konchilar" sharafini himoya qiladi. OKMK va futbolchi o‘rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi", - deya xabar beradi klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!