Rasman! O‘zbekistonlik yana bir futbolchi Evropaga yo‘l oldi
"Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi Abduqodir Husanov faoliyatini "Energetik-BGU"da davom ettiradi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, 18 yoshli himoyachi jamoa tarkibiga kelib qo‘shilgan. "Safimizga O‘zbekistondan futbolchi kelib qo‘shildi. Ulardan biri 18 yoshli himoyachi Abduqodir Husanovdir. 2004 yil 29 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan futbolchi "Bunyodkor"ning U18 jamoasida to‘p tepgan.
Qolaversa, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga muntazam jalb etilgan. U o‘tgan yili "Energetik-BGU"da mashg‘ulotlarni boshlagan. Endi esa, himoyachi jamoamizning chempionatda ishtirok etuvchi futbolchilari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin. U Oliy ligada 45-raqam ostida o‘ynaydi. Klubga xush kelibsan, Abduqodir!"-deyiladi xabarda.

Fikrlar