Rasman! Pro-ligada mavsum muddatidan avval yakunlandi
Kecha 15 may kuni Belgiya chempionati rahbariyati ishtirokida videokonferentsiya bo‘lib o‘tdi.
Onlayn yig‘ilish davomida Pro-liga bellashuvlarini 29 turgacha qayd etilgan natijalarni inobatga olib, muddatidan avval yakunlash bo‘yicha qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra “Bryugge” Belgiya chempioni deb topildi va Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikdan esa “Gent” va “Sharlerua" klublari joy oldi.
Aytish kerakki, bu Evropada muddatidan avval yakunlangan birinchi chempionat emas. Bundan avval Gollandiya va Frantsiya ham shunday qarorga kelgan edi.

Fikrlar