
Rasman! Pyanich "Barselona" bilan shartnoma imzoladi
"Barselona" klubi "Yuventus" xavbeki Miralem Pyanichni sotib olganini rasman e’lon qildi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, “ko‘k-anor ranglilar” 30 yoshli bosniyalik futbolchi uchun 65 mln evro to‘lashgan. Bundan tashqari unga qo‘shimcha yana 5 mln evro bonus ham bor.
Pyanichning o‘zi esa “Barsa” bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan. U yangi jamoasiga mavsum yakunlangach borib qo‘shiladi.
Fikrlar