Rasman! "Qizilqum" chernogoriyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi

  • 22.01.2025 18:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Qizilqum" Nikola Kumburovich bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda klubning matbuot xizmati. 
 
Superliga klubi yangi mavsum uchun so‘nggi kunlarda bir nechta transferlarni amalga oshirmoqda. Navbatdagi transfer esa chernogoriyalik Nikola Kumburovich bo‘ldi. Ushbu markaziy himoyachi bilan esa 1 yillik kelishuvga erishildi. 
 
25 yoshli fulbek bir necha yillar avval O‘zbekistonning "Turon" klubida ham harakat qilgan bo‘lib, 13 ta bellashuvda ishtirok etgan holda, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 200 ming evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!