Rasman! "Real" himoyachisi "Granada"ga ko‘chib o‘tdi

  • 18.08.2020 17:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Granada" klubi o‘z safini "Real" himoyachisi Xesus Valexo bilan to‘ldirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

“Granada” 23 yoshli futbolchini 2021 yilning yoziga qadar ijaraga oldi. E’tiborlisi, Xesusning “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi ham yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etishini inobatga olganda, u 2021 yilda erkin agent sifatida “Granada” bilan to‘laqonli shartnoma imzolash huquqiga ega bo‘ladi.

Valexo 2015 yildan buyon “Real” futbolchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida faoliyatining asosiy qismini "Saragosa", "Ayntraxt", "Vulverxempton" kabi jamoalarda ijarada o‘tkazdi va madridliklar safida bor yo‘g‘i 19 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ispaniya yoshlar terma jamoasida esa 22 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!