
Rasman! Regilon Madridga qaytdi
Madridning "Atletiko" klubi yozgi transferlar oynasi yakunlanishi arafasida yana bir xaridga qo‘l urdi.
"Matraschilar" "Tottenxem" futbolchisi Serxio Regilonni o‘z safiga qo‘shib oldi. "Shporlar" uni Madrid klubiga mavsum yakuniga qadar ijaraga berdi (sotib olish bandisiz).
Qayd etish lozim, Regilon "Real" Madrid tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar