Rasman. Roberto Firmino Qatar chempionatida o‘ynaydi

  • 24 iyul, 01:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik hujumchi Roberto Firmino faoliyatini Qatarda davom ettiradi. 

Tecno

33 yoshli forvard 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma asosida "Al-Sadd" klubi safiga o‘tdi.

Avvalroq u Saudiya Arabistonidagi "Al-Axli" klubida to‘p surgan va jamoa bilan Osiyo Chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan edi. Ushbu jamoa safida o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda jami 31 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 10 ta golli uzatma bilan qatnashgan.

U Saudiyaga safar qilmasdan avval esa Angliyaning "Liverpul" jamoasida harakat qilib, umumiy 362 ta bellashuvda maydonga tushgan holda, 111 ta gol urgan va 76 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!