Rasman! "Roma" Dibala bilan shartnomani uzaytirdi
«Roma» klubi hujumchisi Paulo Dibala jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi.
Italiya klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 32 yoshli argentinalik futbolchi bilan tuzilgan yangi kelishuv bir mavsumga mo‘ljallangan. Uning avvalgi shartnomasi 30 iyunga qadar amal qilar edi.
Dibala 2022 yildan beri «Roma» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u jamoa tarkibida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Paulo bunga qadar, «Palermo» va «Yuventus» klublarida ham to‘p surgan. «Yuventus» bilan birga u Italiya chempionligini besh marotaba qo‘lga kiritgan.
2022 yilda Dibala Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylangan.
«Roma» o‘tgan mavsumni Seriya A chempionati jadvalida 3-o‘rinda yakunlab, Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Fikrlar