Rasman! "Roma" Smollingni sotib oldi

  • 6 oktabr, 2020, 08:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Roma" ijarada yurgan "Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smollingning transferini to‘liq sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

30 yoshli futbolchining transferi “bo‘rilar”ga 15 million evroga tushgani aytilmoqda. Uning o‘zi esa Rim klubi bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolagan.

Smolling o‘tgan mavsumni "Roma" safida ijarada o‘tkazgan va 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U Angliya terma jamoasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!