Rasman! Sardor Rahmonov OKMK bilan xayrlashdi

  • 5 iyun, 15:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusda OKMK jamoasi tarkibida ilk o‘zgarish ro‘y berdi.

Tecno

Tajribali himoyachi — Sardor Rahmonov OKMK futbol klubini tark etdi. Bu xususida jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

2019 yildan buyon «konchilar» safida harakat qilib kelgan Sardor Rahmonov OKMK FK tarkibida jami 179 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shuningdek, u klub safida 2020 va 2021-yillarda bronza, 2024 yilda esa kumush medallarni qo‘lga kiritgan. Shu bilan birga Sardor Rahmonov OKMK tarkibida 2019, 2021 va 2023-yillarda Osiyo Chempionlar Ligasi bahslarida ham ishtirok etgan.

"Klub Sardor Rahmonovga yillar davomida ko‘rsatgan sadoqati, professionalligi va fidoyiligi uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi. Kelgusi faoliyatida unga sihat-salomatlik, omad va yangi yutuqlar tilaymiz", - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
05/06/2025 15:44
Хойнахой бу хам Нефтчига келади шекилли.