
Rasman! Serxio Romero "Manchester Yunayted"ni tark etdi
Argentinalik darvozabon Serxio Romero shartnoma muddati yakunlangani sababli "Manchester Yunayted"ni tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, yarim himoyachi Xuan Mata va darvozabon Li Grantning ham klub bilan shartnomasi yakunlangan. Ammo “qizil iblislar” ushbu ikki futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda.
Ma’lumot uchun, Romero "Manchester Yunayted"ga 2015 yil "Sampdoriya"dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan 6 mavsum davomida APLda bor yo‘g‘i 7 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
“Manchester Yunayted” ortda qolgan mavsumda premer-ligada 2-o‘rinni egalladi.
Fikrlar