
Rasman! Shevchenko Evropaning kuchli terma jamoalaridan biri bilan muzokaralar olib bormoqda
Yaqinda “Jenoa”dan iste’foga chiqarilgan ukrainalik murabbiy Andriy Shevchenko yana terma jamoada faoliyat boshlashi mumkin. Aniqrog‘i, 45 yoshli mutaxassis Polsha terma jamoasini boshqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
"Tomonlar muzokara olib bormoqda", - deyiladi Polsha futbol ittifoqi prezidenti Sezar Kulesha.
Eslatib o‘tamiz, Polsha terma jamoasi JCh-2022 saralashining pley-off bosqichida Rossiyaga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar 24 mart kuni Moskvada to‘qnash kelishadi.
Fikrlar