Rasman: Shomurodov yana ustozsiz qoldi!

  • 10 noyabr, 2024, 22:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” A Seriyaning 12-turida o‘z maydonida “Bolonya”dan 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu qaqshatqich zarba klub rahbariyatini jumbushga keltirdi.

Tecno

Rim klubi jamoa bosh murabbiyi Ivan Yurichni iste’foga chiqardi. Ikki oydan kam ishlagan xorvatiyalik mutaxassis o‘ziga bildirilgan ishonchni  oqlay olmadi.

- Biz bir necha hafta davomida murakkab sharoitda ishlagan Ivan Yurichga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. U bunday sharoitda maksimal tarzda professional darajada ishladi va shu bois undan minnatdormiz. Uning kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

Ayni paytda yangi bosh murabbiy topish ishlari boshlab yuborilgan va tez kunlarda uning nomi e’lon qilinadi, - deyiladi klub bayonotida.

Ivan Yurich qo‘l ostida “Roma” 12 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Shu o‘yinlarda to‘rtta g‘alaba, uchta durang va beshta mag‘lubiyat qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!