Rasman! "So‘g‘diyona" "Bunyodkor"ning 18 yoshli futbolchisini ijaraga oldi (foto)
Abdullox Omonaliev "So‘g‘diyona" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Jamoamiz Superliga yozgi transferlar oynasida o‘z tarkibini kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqda. Jumladan, bugun himoyachi Abdullox Omonaliev bilan shartnoma imzolandi.
2005 yilda tavallud topgan Abdullox Omonaliev "Bunyodkor" hamda O‘zbekiston U-18 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Omonaliev jamoamiz safida ijara asosida maydonda harakat qiladi.
"So‘g‘diyona"ga xush kelibsan, Abdullox! Futbolchining jamoamizdagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz", - deyiladi xabarda.


Fikrlar