Rasman! "Surxon" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi Termizda o‘tkazilmaydi
Surxondaryo viloyatidagi epidimiologik vaziyat va koronavirus infektsiyasi tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, joriy yilning 16 iyun sanasidan Termiz shahriga kirish – chiqish to‘xtatildi hamda karantin choralari kuchaytirildi. Aytish kerakki, Termiz shahri yana "qizil" hududga aylandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, "Surxon" futbol klubi O‘zPFLga ushbu o‘yinni ko‘chirish bo‘yicha yozma ravishda murojaat qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
O‘zbekiston Professional ligasi viloyatdagi vaziyatdan kelib chiqib, 2020 yilning 25-iyun kuni Coca Cola Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvini Qo‘qon shahriga ko‘chirdi.
Ikkinchi davra doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "Surxon" uchrashuvi esa Termiz shahriga ko‘chirildi!



Fikrlar