
Rasman! Turkiya klubi Husniddin Aliqulov transferini e’lon qildi (foto)
"Nasaf" himoyachisi Husniddin Aliqulov faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradi. U "Rizespor" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Klub rasmiy sayti orqali uni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi.
24 yoshli futbolchi 3+1 ko‘rinishida shartnoma imzolagan. Ya’ni u 3 yillik kelishuv muddatini yana 1 yilga uzaytirish huquqiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Aliqulov Superliganing 12 ta o‘yinida 5 ta gol urib, "Nasaf" to‘purari bo‘lib turgandi.
Fikrlar