
Rasman! Uaylder 18 may kuni o‘z kamarini himoya qiladi
Uning raqibi Dominik Brizildir. Mazkur jang 18 may kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. Bu Uaylder uchun to‘qqizinchi bor o‘z kamarini himoya qiluvchi jang bo‘ladi. U so‘nggi bor 2018 yilning dekabrida ringga ko‘tarilgan edi.
Sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi jangda katta qiyinchilik bilan durangga erishgan edi. Dominik Brizil ham dekabrda jang o‘tkazgan va Karlos Negronni nokautga uchratgan edi.
Brizilning faoliyatidagi eng jiddiy raqib Entoni Joshua bo‘lgan edi. 2016 yilning iyunida bo‘lib o‘tgan jangda britaniyalik charm qo‘lqop ustasiga mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar