
Rasman! Ueyn Runi Chempionship klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi (foto)
Angliyalik sobiq futbolchi Ueyn Runi yana bosh murabbiylik ishiga qaytdi. U Chempionship safidagi "Birmingem" jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi.
Tomonlar 3,5 yillik shartnoma imzolagan. Bundan oldin Runi AQShning "DC Yunayted" klubida ish olib borgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, "Birmingem" ayni payt Chempionshipdagi 11 o‘yindan so‘ng 18 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar