
Rasman! Ukrainalik Vasiliy Lomachenko yana ringga qaytmoqda. Uning raqibi va jang sanasi aniq bo‘ldi
Professional boksning engil vazn toifasida (61,2 kg) sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko (16-2, 11KO) biroz muddat tanaffusdan so‘ng yana ringga qaytadi. Lomachenkoning navbatdagi jangi 29 oktyabr kuni Nyu-York shahrida joylashgan "Madison Square Garden" arenasi "Hulu Theater" zalida bo‘lib o‘tishi tasdiqlandi. Ushbu kechada Lomachenkoga Jameyn Ortis (16-0-1, 8KO) raqiblik qiladi.
Fikrlar