
Rasman! “Vest Hem” jahon chempionini o‘z safiga qo‘shib oldi
Londonning “Vest Hem” klubi yana bir transferni amalga oshirdi. Bu safar "bolg‘achilar" tarkibiga argentinalik yarim himoyachi Gvido Rodriges qo‘shildi. Ushbu transfer "Vest Hem"ga tekinga tushdi, jahon chempianati g‘olibi klubga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, Rodriges “Betis” jamoasida to‘rt yil o‘ynagan. Shuningdek faoliyati davomida u "River Pleyt", Meksikaning "Tixuana" va "Amerika" jamoalarida o‘ynagan. Transfermarkt 30 yoshli yarim himoyachini 20 million evroga baholamoqda.
O‘tgan dushanba kuni boshida "Vest Hem" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Niklas Fyullkrug bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.
Fikrlar