Rasman! "Vulverxempton" PSJ futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

  • 18 yanvar, 2023, 21:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik yarim himoyachi Pablo Sarabiya rasman Angliyaning "Vulverxempton" jamoasi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

"Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli yarim himoyachisining transfer narxi 5 million evroni tashkil qilgan. Joriy mavsumda Sarabiya parijliklar tarkibida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq foydali harakatlarni amalga oshira olmadi.

Eslatib o‘tamiz, "bo‘rilar" bu mavsumda Premer ligada qolish uchun harakat qilmoqda. Hozircha Xulen Lopetegi shogirdlari turnir jadvalida 17 ochko jamg‘argan holda, 16-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!