Rasman. "World MMA Awards" talqiniga ko‘ra "Yil jangchisi" unvoniga nomzodlar ma’lum
"World MMA Awards" talqini bo‘yicha "Yil jangchisi" unvoniga nomzodlar nomi ma’lum qilindi.
Ushbu ro‘yxatdan P4P reytingi etakchisi Islom Maxachev, yarim og‘ir vaznda UFC chempioni Aleks Pereyra, braziliyalik UFC jangchisi Aleksandr Pantoja, janubiy afrikalik Drikus Dyu Plessi va sobiq PFL chempioni Renan Ferreyra o‘rin olgan. Shuningdek, Kayla Xarrison, Larissa Pacheko, Liz Karmush "Yilning eng yaxshi ayol jangchisi" sovrini uchun da’vogarlar sanaladi.
Ma’lumot uchun, nomzodlar 2023 yil 1 iyulidan 2024 yil 30 iyunigacha hisobga olingan. G‘oliblar 5 dekabr kuni Las-Vegasda e’lon qilinadi.
Fikrlar