Rasman! Xuntelar yana "Shalke"ga qaytdi

  • 19 yanvar, 2021, 23:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ayaks” forvardi Klas-Yan Xuntelar rasman “Shalke”ga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra, 37 yoshli gollandiyalik futbolchi gelzenkirxenliklar bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. U “Shalke”da 21-raqamda to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, Xuntelar 2010-2017 yillarda “Shalke” sharafini himoya qilgan. U ushbu jamoa libosida jami 175 ta o‘yinda maydonga tushgan va raqib darvozasiga 82 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!