
Rasman! Yan Vertongen "Benfika" futbolchisi
Portugaliyaning "Benfika" klubi "Tottenxem" himoyachisi Yan Vertongenni o‘z safiga qo‘shib oldi. Buni klub rasmiy sayti e’lon qildi. U shartnomasi yakunlangani bois, erkin agent sifatida portugaliyaliklar safini to‘ldirdi.
"Men bu erga sovrinlar yutgani keldim. Portugaliya chempionligi men istagan yutuq bo‘la oladi. Bu jamoani ichidan ko‘rsangiz, ajoyib hislarni tuyishingiz aniq. Biz Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli o‘ynashga harakat qilamiz", - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Yan Vertongen.
Belgiyalik fulbek yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
Fikrlar