
Rasman! Yana bir futbolchimiz legionerga aylandi (video)
"So‘g‘diyona" himoyachisi Sardor Qulmatov faoliyatini legioner sifatida davom ettiradigan bo‘ldi.
U Malayziyaning "Terengganu" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Klub matbuot xizmati vakilimiz transferini shunday e’lon qildi. Ayni vaqtda ular chempionatning ikkinchi pog‘onasini band etgan.
28 yoshli futbolchi jizzaxliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "bo‘rilar" libosida 149 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 gol va 1 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar