Rasmiy xabar! Grinvud aybsiz deb topildi
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Meyson Grinvudga nisbatan tergov ishi to‘xtatildi. U jinsiy zo‘ravonlik, o‘lim bilan tahdid qilish va shu kabi ayblovlar bo‘yicha tergov qilinayotgan edi.
Bu haqda Manchester politsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
"21 yoshli yigitga nisbatan 2022 yil yanvar oyida boshlangan tergov bo‘yicha jinoyat ishi to‘xtatildi. OAVda bu ishning keng yoritilishini inobatga olib, u endi jinoiy javobgarlikka tortilmagani haqida xabar beramiz", - deyiladi xabarda.
Hozircha Meysonning qachon futbolga qaytishi noma’lum. Bu haqda rasmiy xabar keyinroq chiqishi kutilmoqda.

Fikrlar