Rasmiy xabar! Hojiakbar Alijonov "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 24 dekabr, 2024, 12:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Hojiakbar Alijonov "Paxtakor" bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.

O‘zbekistonning bugungi kundagi eng kuchli o‘ng qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov navbatdagi ikki mavsumda ham "Paxtakor" sharafini himoya qiladi. Alijonov yangidan quriladigan "Sherlar"ning muhim ijrochisi hisoblanadi va futbolchi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar ijobiy yakuniga etdi.

Shartnomaning uzaytirilishi haqida himoyachimizning o‘zi shunday dedi:

- "Paxtakor" bilan men 5 marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldim. Keyingi yillarda ham jamoa meni o‘z safida ko‘rishni istagani quvontirdi. Yangi murabbiy bilan, nafaqat "Paxtakor", balki O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham foyda keltiradigan holatda mavsumni o‘tkazaman deb o‘ylayman. Oldimizda Chempionlar Ligasining ikkita o‘yini bor va bizda hali guruhdan chiqish uchun imkoniyat saqlanib qolingan. Endi bor e’tiborni fevral oyida bo‘lib o‘tadigan ikkita muhim bahsga qaratamiz. Meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat, men Sizlar bilan", - dedi Alijonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
24/12/2024 12:36
ХОЖИАКБАР Супер