Rasmiy xabar! "Turon" "Neftchi"ga qarshi bahs oldidan Ashurmatovni iste’foga chiqardi

  • 15 aprel, 2023, 01:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Baxtiyor Ashurmatov o‘zaro kelishuvga ko‘ra lavozimidan ozod etildi. Bu haqda "Turon" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Kuni kecha klub rahbariyati va murabbiylar shtabi vakillari ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan Baxtiyor A’zamovich Ashurmatov o‘zaro kelishuvga ko‘ra iste’foga chiqarildi va u klub bilan do‘stona ruhda xayrlashdi.

“Turon” futbol klubi iste’dodli mutaxassis Baxtiyor Ashurmatovga jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan xolda unga kelgusida muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilab qoladi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, "Turon"ning "Neftchi"ga qarshi o‘yini 17 aprel kuni soat 17:00 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!