Raul: “Real” bu turnirni yutmagan. Shuning uchun borimizni berishimiz shart

  • 20 avgust, 2020, 17:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qirollik klubi”ning 19 yoshgacha bo‘lgan jamoasi UEFA Yoshlar ligasi chorak finali doirasida “Inter” o‘smirlari bilan bahs olib boradi. Asosiy jamoa evrokuboklarda muvaffaqiyatli ishtirok eta olmagani bois, ularning zimmasiga yanada ko‘proq mas’uliyat tushadi. madridliklarning ushbu yosh toifasidagi jamoasi bosh murabbiyi Raul bu borada fikr bildirdi:

Tecno

“Bunday imkoniyat doim ham bo‘lavermaydi.  “Real” bu turnirda hech qachon g‘olib bo‘lmagan va biz buni amalga oshirishni xohlaymiz. Yigitlar hali yosh va bu kabi turnirlar ular uchun katta tajriba bo‘lishi aniq.

“Inter” ushbu yordagi barcha klublar singari qiyin raqib. Ularda jismonan yaxshi tayyorlangan iste’dodli futbolchilar ko‘p. Va bu bizga noqulayliklar tug‘dirishi mumkin. Biz 6 haftadan beri shu erdamiz. O‘zimizning eng zo‘r o‘yinimizni ko‘rsatib, boshimizni baland tutib uyga qaytishni istaymiz”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!