Raul: "Real" dunyodagi eng yaxshi akademiyasi borligini isbotladi"

  • 18.11.2024 19:09
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Sobiq hujumchi Raul Gonsales "Real Madrid" akademiyasini dunyodagi eng yaxshi akademiya deb atadi.

- "Real" yoshlar jamoasi tayyor. Ba’zi sabablarga ko‘ra imkoniyatlarga ega emas. Qolgan klublar boshqa akademiyalardan izlaydi. "Real" esa bizda dunyodagi eng yaxshi akademiya borligini isbotladi.

Agar futbolchilar asosiy jamoada o‘z maqsadlariga erisha olmasalar, ishonchim komilki, ular buni dunyoning turli burchaklarida professional darajada amalga oshiradilar, - dedi "Real Madrid Kastilya" bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, "Los-Blankos" akademiyasining yana bir futbolchisi Raul Asensio "Osasuna"ga qarshi bahsda asosiy jamoada maydonga tushgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!