Raul yaqin orada "Real"ni boshqarishga kirishishi mumkin

  • 03.06.2018 17:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real Madrid” klubi sobiq futbolchisi Raul bir kun kelib jamoaga bosh murabbiy sifatida qaytishi mumkin. Bu haqida As nashri xabar bermoqda.

40 yoshli ispaniyalik UEFAning A va B kategoriya murabbiylik litsenziyasini qo‘lga kiritdi va yaqin kelajakda “Real”ning yoshlar jamoasini boshqarishga kirishadi.

“Qirollik klubi” rahbariyati kelajakda Raulni asosiy jamoada bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borishini xohlamoqda va bir kun kelib “Ikkinchi Zidan” nomiga sazovor bo‘lishiga ishonishmoqda.

Xabaringiz bor, Zineddin Zidan “Real” bilan ketma-ket 3 marotaba EChL kubogini qo‘lga kiritdi va jamoani tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!