
Raulning narxi MYu va “Yuve”ni qo‘rqitdi
“Vulverxempton” asosiy hujumchisi Raul Ximenesni 100 million evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi.
29 yoshli meksikalik futbolchiga Evropaning qator grandlari, xususan “Manchester Yunayted” va “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Ximenesning o‘zi “Real” yoki “Barselona”da to‘p surish istagi borligini ma’lum qildi. Eng qizig‘i, La Liganing har ikki grandi bu yilgi transferlar vaqtida qimmat futbolchilarni olmasligini ma’lum qilgan.
Fikrlar