Ravshan Ermatov milliy terma jamoalar ishtirokida CAFA kubogini tashkil etishni taklif qildi

  • 2 dekabr, 2019, 19:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun, 2 dekabr kuni butun Osiyo qit’asi futbol jamoatchiligi diqqat-e’tibori Gonkongga qaratildi. 

Tecno

Boisi Osiyo futbol konfederatsiyasi bugun 2019 yil yakunlariga ko‘ra, qit’aning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi.

"The AFC Annual Awards-2019" oldidan bugun kunning birinchi yarmida Osiyo futbolini yanada rivojlantirish masalasi bo‘yicha qator uchrashuv va tadbirlar ham o‘tkazildi. Jumladan, Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasiga a’zo mamlakatlar vakillari mintaqamizda futbol darajasini yanada oshirish, o‘zaro aloqalar va hamkorlikni yangi darajaga olib chiqish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Qit’a va mintaqamiz futboli kelajagi muhokama etilgan uchrashuvda O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi va endilikda milliy terma jamoalar o‘rtasida ham mintaqa chempionatini tashkil etish vaqti kelganini bildirdi.

- Markaziy Osiyoda futbol darajasini yanada oshirish, mintaqa jamoalarining xalqaro maydondagi natijalarini yanada yaxshilashda a’zo futbol assotsiatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash juda muhim jihat sanaladi. Futbol insonlarni do‘stlashtiradi va birlashtiradi, bu borada O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qo‘shni mamlakatlar bilan yanada yaqindan hamkorlik qilishga va o‘zaro tajriba almashishga hamisha tayyor. Shu o‘rinda, Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan turli yosh toifalarida mintaqa birinchiligi tashkil etilgani, biroq milliy terma jamoalar miqiyosida hamon turnir o‘tkazilmaganini ta’kidlash zarur. Agar milliy terma jamoalar o‘rtasida ham shunday musobaqa yo‘lga qo‘yilsa, bundan assotsiatsiyaga a’zo mamlakatlarda yashovchi barcha futbol muxlislari birdek xursand bo‘lishadi. Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari ishtirok etadigan musobaqa qit’a miqiyosida ham katta qiziqishga sabab bo‘lishi tayin, - deya O‘zbekiston tomoni bunday musobaqa tashkil etishda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasiga yaqindan ko‘mak berishga tayyorligini va musobaqaga mezbonlik qilishdan mamnun bo‘lishini bildirdi O‘FA Birinchi vitse-prezidenti. 

Qayd etish lozim, bugun kunning ikkinchi yarmida OFKga a’zo barcha mamlakatlar delegatsiyalari vakillari OFKning yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida ishtirok etishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ziyod
02/12/2019 19:52
Ravshan aka birinchi o‘zimizda futbolni yahshi o‘tkazaylik
&
Surxon turon
02/12/2019 21:35
Зӯр бӯларди
&
LEGIONER
02/12/2019 20:32
Yevropada UEFA chempionlar ligasi super kubok yevropa ligasi Yevro chempionatlari bor Osiyodachi? Chempionlar ligasi Osiyo kubogi Afc kubogi bor xolos yevropaga o'xshab klublar ortasida chempionlar ligasi guruh bosqichida ikkinchi uchinchi o'rinni olsa yevropa ligasida qatnashadi bizda ham Millatlar ligasi yoki chempionlar ligasida guruhda qolib ketgan jamoalar Afc gubogida qatnashsa bo'ladiku Terma jamoalar o'rtasida nafaqat Cafa balki Osiyo ligasi yoki Osiyo chempionatini tashkil qilsa bo'ladiku Ermatovning so'zlariga qo'shilaman shunda osiyo balki o'zimizda ham futbol rivojlangan bo'lar edi