
Ravshan Ermatov O‘FAda terma jamoalar murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Ravshan Ermatov O‘zbekiston milliy, olimpiya, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida terma jamoalar oldiga qo‘yilgan vazifalar, bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Terma jamoalar bosh murabbiylari yig‘inlar tashkil qilish, mashg‘ulotlar o‘tkazish, yangi nomzodlarni saralab olishda ahamiyat qaratish zarur bo‘lgan jihatlar, bo‘lajak musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur chora-tadbirlar haqida so‘z yurtishdi.
Shuningdek, hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar muhokama qilinib, ularning echimlarini topish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Ravshan Ermatov tomonidan tegishli departament boshliqlariga topshiriqlar berildi.
Fikrlar