Ravshan Ermatov OFK konferentsiyasida nutq so‘zlaydi

  • 10.06.2020 21:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

4-6 iyun kunlari Janubiy va Markaziy mintaqalarda tashkil etilgan ushbu konferentsiya 11-12 iyun kunlari Sharqiy mintaqada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

E’tiborli jihati, mazkur konferentsiyada O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov xalqaro hamkorlik, futbol ma’muriyatchiligi va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimi bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar taqdimoti bilan ishtirok etadi.

Shu bilan birga, ishtirokchilarga qit’a futbol uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan dastur, loyiha hamda tashabbuslar bo‘yicha yanada to‘liqroq ma’lumot beriladi.

Ikki kunlik konferentsiya davomida bosh kotiblar zamonaviy futbol boshqaruv tizimidagi so‘nggi yangiliklar, tizimdagi yangi o‘zgarishlar xususida yanada ko‘proq ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!