Ravshan Ermatov Osiyo chempionati saralashida qatnashadigan terma jamoa bilan uchrashdi

  • 15.04.2022 13:39
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi yangi murabbiy - Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligida Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda. Mazkur jamoa oldida bir qator muhim turnirlar kutib turibdi. Xususan, vakillarimiz joriy yilda Osiyo chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatli qatnashishi, shuningdek, 2023 yil o‘tkaziladigan U-17 jahon chempionatida ishtirok etishi maqsad qilingan.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov mazkur nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik rejalari bilan tanishish, yangi murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan suhbatlashish maqsadida mashg‘ulotlarga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2022-04-14_07-04-54

Uchrashuvda O‘FA tomonidan futbolchilarimizning oldinda turgan turnirlarga sifatli va tizimli tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi ma’lum qilindi.

Ravshan Ermatov futbolchilar bilan suhbatda mazkur turnirlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, buning uchun har kuni o‘z ustida ishlash zarurligini ta’kidlab, terma jamoa a’zosi bo‘lish har bir futbolchi uchun sharaf va azaliy orzusi ekanligiga e’tibor qaratdi. Bu borada hozirdanoq professionalizm, intilish va mehnatsevarlikni o‘zida mujassam qilib borish kerakligini aytdi.

Ushbu jamoani musobaqalarga tibbiy, jismoniy, ruhiy, texnik va taktik tomondan tayyorgarlik olib borish bo‘yicha murabbiylarga topshiriqlar berildi.

photo_2022-04-14_07-04-56

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!