Ravshan Ermatov Rossiya terma jamoasining ishtiroki CAFA turniriga nima berishi haqida gapirdi

  • 2 aprel, 2023, 15:51
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 9-21 iyun kunlari Bishkek va Toshkent shaharlarida futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) chempionati o‘tkaziladi. Ushbu musobaqa oldidan CAFA ijroiya qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Rossiyaning TASS axborot agentligiga intervyu berdi. Unda Ermatov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi musobaqani tashkil etishda eng yuqori standartlarni qo‘llashni kafolatlashini ta’kidladi.

Tecno

photo_2023-02-01_17-10-05

- Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi nafaqat Evropada, balki jahonda ham etakchilardan bo‘lib, uning Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) chempionatidagi ishtiroki turnirga qiziqishni oshiradi. Birinchidan, shuni aytmoqchimanki, CAFA terma jamoalar o‘rtasida birinchi chempionatni o‘tkazishdan juda manfaatdor. Ikkinchidan, tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Rossiyaning nomdor klublari “Spartak”, “Zenit”, “Dinamo”ning Markaziy Osiyodagi “Paxtakor”, “Pomir” va boshqa jamoalar bilan o‘yinlari doim katta qiziqishga sabab bo‘lganini eslaymiz. O‘shanda muxlislar tribunalarni to‘ldirardi, anshlag kuzatilardi.

CAFA chempionati boshqa turnirlarga tayyorgarlik ko‘rish nuqtai nazaridan ham muxlislar, ham jamoalar uchun juda qiziqarli bo‘ladi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan biz turnir, mashg‘ulotlar, futbol maydonlarini tashkil etishda eng yuqori standartlarni ta’minlashga kafolat beramiz.

Albatta, agar Rossiya ishtirok etsa, ham muxlislar, ham boshqa jamoalar o‘rtasida ham turnirga bo‘lgan qiziqish ortadi. Chunki Rossiya nafaqat Evropa, balki dunyoning etakchi terma jamoalaridan biri, - dedi Ravshan Ermatov.

IMG_3811

CAFA chempionatida O‘zbekiston, Tojikiston, Eron, Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston, Rossiya va Afg‘oniston terma jamoalari ishtirok etadi. Musobaqaga Osiyoning yana bir terma jamoasini taklif etish ham rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
abdullotolibov2023@gmail.com
02/04/2023 16:09
Zambiya terma jamoasi 8- jamoa sifatida taklif etiladi osiyodan bo'lmasa ham
mani aytdi deysilar keyin qidirib izlab topdim