
Ravshan Ermatov vodiy derbisini boshqaradi
16 mart kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tadigan “Navbahor” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Ravshan Ermatov brigadasi boshqarib boradi. Bu haqda “lochinlar” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam vazifasini Aleksandr Lupashko bajaradi. Nazoratchi sifatida Namanganga Andrey Klepikov, PFL vakili sifatida esa Noil Lutfulin tashrif buyuradi.
“Neftchi” bilan o‘tadigan uchrashuvga jamoamiz a’zolari bugundan tayyorgarlik ko‘rishni boshlashadi. Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 16 mart kuni soat 17.00da boshlanadi. Yoshlar o‘rtasidagi bahs esa bir kun oldin To‘raqo‘rg‘ondagi “Yoshlik” o‘yingohida o‘tkaziladi.
Fikrlar