Ravshan Haydarov: "Bu ilk g‘alabamiz va qo‘lga kiritilgan uch ochko biz uchun muhim"

  • 3 sentabr, 19:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bishkekda boshlangan U23 Osiyo Kubogi saralash bosqichining ilk bellashuvida O‘zbekiston terma jamoamiz Shri-Lankaga qarshi bahs olib borgan holda 4:0 hisobida raqibini tor-mor keltirdi.

Tecno

O‘FA matbuot xizmati o‘yindan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarovning uchrashuv haqidagi fikrlarini taqdim etdi.

"Butun o‘yin davomida ustunlikka ega bo‘ldik, to‘pni nazorat qildik. Albatta, Shri-Lanka jamoasi ham yaxshi himoyalandi, ammo biz to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Muhimi — bu ilk g‘alabamiz va qo‘lga kiritilgan uch ochko biz uchun juda muhim.

Umuman olganda, yaxshi o‘ynadik. Hujumda faollik ko‘rsatdik, ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Ammo ularning barchasini golga aylantira olmadik. Shri-Lanka jamoasining himoyasini ham e’tirof etish kerak — ular juda yaxshi himoyalanishdi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!