Ravshanbek Umurzaqovga professional boks federatsiya rahbari tomonidan yuksak ishonch bildirildi

  • 16 yanvar, 2020, 19:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ma’lumki, bir necha kundan so‘ng, 61,2 kg vazn toifasida WBA Asia chempionlik kamari sohibi, rus jurnalistlari ta’biri bilan aytganda “Mister pechen” nomi bilan dong taratgan Ravshanbek Umurzaqov (10-10-0-0-7 KO) o‘z titulini himoya qiluvchi jangda ringga ko‘tariladi. Unga venesuelalik Esneyker Korrea raqiblik qiladi.

Tecno

Mazkur jangga tayyorgarlikni Toshkentda olib borayotgan Ravshanbek bugun, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi prezidenti Isroil Yunusov bilan bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv davomida Isroil Tolibjonovich bokschimizga omad tilagan holda, unga nisbatan ishonch yuqori ekanligi, albatta g‘alaba qozonib, kelajakda haqiqiy chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritishiga tilakdosh ekanligini bildirdi. Qolaversa, professional boks federatsiyasi har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ham ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz: Ushbu jang 24 yanvar kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!